- To‘ralarning mashinani “shapka” bilan sotishlariyu, buni ustomonlik, ishbilarmonlik deb hisoblashlari, nafslarining xohishi uchun ming bir yo‘lni izlab topishlaridan zulm ko‘rib, ulov sotib ololmayotgan bo‘lsam, o‘kinmayman. Chunki, men harom bilan yetish mumkin bo‘lgan maqsadimga pokiza yo‘l bilan topgan pulimni vosita qilmayapman, nafsimdan g‘olibman!
- O‘qishga kirish uchun tinmay mehnat qilib, intilishimga qaramay, yonimdagilarning pora evaziga mendan o‘zib ketishlari, aqlbovar qilmas darajada yuqori ball to‘plab oddiy abituriyentni dog‘da qoldirishlarini ko‘rsam, o‘kinmayman! Chunki siz haromdan hazar qildim, nafsimdan g‘olibman!
- Opa-singillarim, ayolim hijobi sabab ko‘chaga hadiksirab chiqayotgan bo‘lsa, soqol qo‘yganim uchun “mutaassiblar” safiga qo‘shib qo‘yilsam, dindorligim uchun qo‘llarini bigiz qilib menga ta’na qilishsa, o‘kinmayman. Balki men hidoyat qo‘shini safidaman, nafsimdan g‘olibman!
- Hayotim davomida kimlarningdir bosimi ostida yashasam, menga chap ko‘z bilan qarashsa, doimo yomonlik, xavf-xatar keltirib chiqaruvchi unsur sifatida qarashsa, o‘kinmayman. Men haq tomonman, nafsimdan g‘olibman!
“Ammo, kimki Parvardigorining (huzurida) turishi (va hisobot berishi)dan qo‘rqqan va nafsini havolanishdan qaytargan bo‘lsa bas, faqat jannatgina (unga) makon bo‘lur!” ("Noziat" surasi, 40-41 oyat)
Abdulloh MUHAMMAD
Manba: Azon.uz
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi