Uzoq ajdodlarimiz yerda oyoq yalang yurishgan. Ular buning foydasini bilishgan va moʻʼjizaviy taʼsirni boshdan kechirishgan. Koʻpchilik zamonaviy kishilar esa yerga kir narsa sifatida qarashadi. Ular bu “kir”da organizm uchun yordam beradigan oʻsimliklar oʻsishini unutadilar.
Bolalar sunʼiy qoplamali maydonchalarda sayr qilishadi, kattalar esa oyoq kiyimsiz yurishni “odobdan emas” deb hisoblaydilar. Shunday qilib, notoʻgʻri fikrlar paydo boʻladi. Tugʻilishi bilanoq chaqaloqlar maysa ustida yurish hissi qanday boʻlishini his eta olmaydilar, ular sayyoramizning energetik maydonini sezishmaydi.
Sayyoramiz manfiy zaryadlangan. Shuning uchun yalangoyoqda sayr qilganimizda manfiy elektronlarni singdiramiz. Bu esa tanamizni manfiy zaryadlangan holatini qoʻllab-quvvatlaydi. Ushbu holat quyosh va ichimlik suvini ichish kabi foydali. Bundan tashqari, bu kabi taomillardan keyin uyqu yaxshilanib, ogʻriqli hislar kamayadi. Ayrim kasalliklar uchun ham davo boʻladi.
Nafaqat tuproq va maysa, balki xonadagi pol ustida ham oyoq yalang yurish mumkin. Bu zoʻriqishni olish, asab tizimi funksiyasini tiklash, ogʻriqlarni kamaytirish, shuningdek, yurak qon-tomir kasalliklarida mustaqil yordam koʻrsatishdagi aʼlo ekologik strategiyadir.
Foto: Pixabay
Oddiy qilib aytganda, bunday sayrlarni odam organizmi va salomatligi uchun eng foydali narsalar, masalan, musaffo havo, toza suv, quyosh, foydali mahsulotlar va sport kabilar qatoriga kiritish mumkin.
Endi siz ham ana shunday sayrlarni amalga oshirasizmi?
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi