O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anieva o‘z intervyularidan birida hamkasbi, sobiq dugonasi Shahzoda bilan duet kuylashi mumkinligini aytib o‘tgan edi, deb yozadi “Darakchi.uz”. Gap shundaki, Rayhonning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bir qiz murojaat qilib, u og‘ir dardga chalinganini va uning eng katta orzusi Rayhon va Shahzoda ijrosidagi duetni tinglash ekanligini aytgan. Shuning uchun ham Rayhon agar haqiqat ham shunday qiz bo‘lsa, Rayhon uning orzusini amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirgan edi.
Shahzoda jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda “Rayhon bilan duet kuylash niyatingiz bormi?” degan savolga qat’iy “yo‘q” deya javob berdi.
Rayhon bilan qachonlardir do‘st bo‘lgani va bu do‘stlikka nima uchun putur etgani haqida Shahzoda shunday deydi:
“O‘rtamizda gina-kudratlar bo‘lgan. Hozir buni eslashni xohlamayman. Hammasi o‘tib ketdi. Afsuski, do‘stligimizni endi qaytarib bo‘lmaydi. Biz ikkilamiz ham etarli darajada etuk insonlarmiz. Hozirda hayotimda men behad yaxshi ko‘radigan va hurmat qiladigan, mehribon va oqko‘ngil do‘stlarim bor. Afsuski, hayotda shunday bo‘lib turadi”. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi