29 910
Hindistonda vafot etgan xonanda Munira Muhammedovaning qachon dafn etilishi mu’lum bo‘ldi
G‘anijon Toshmatov nomidagi Dutorchi qizlar ansambli yakkaxoni Munira Muhammedova 50 yoshida xastalik sabab olamdan o‘tgani haqida xabar bergan edik.
Xonanda jigar sohasida operasiya amaliyotini o‘tkazish uchun Hindistonga jo‘nab ketgan edi. Afsuski, shifokorlarning urinishlari zoe ketib, Munira Muhammedova vafot etdi.
Xonandaning eng yaqin dugonasi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulovaning ma’lum qilishicha, Munira Muhammedovaning jasadi ortilgan samolyot bugun, 12 fevral kuni tushdan so‘ng Toshkentga kelib qo‘nadi.
Munira Muhammedova vasiyatiga ko‘ra, ertaga, 13 fevral kuni Toshkent viloyati, Pskent tumani, Muratali qishlog‘idagi qabristonga, marhum volidasining yoniga dafn etiladi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.
1966 yilning 26 martida tavallud topgan Munira Muhammedova tinglovchilar orasida tojik, fors, arab tilidagi qo‘shiqlari bilan tanilgan edi. Xonandaning bir o‘g‘il va bir qizi, 3 nabirasi bor edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi