O‘zbekiston madaniyati va san’ati og‘ir judolikka yuz tutdi. 10 fevral kuni G‘anijon Toshmatov nomidagi Dutorchi qizlar ansambli yakkaxoni Munira Muhammedova vafot etdi.
1966 yilning 26 martida tavallud topgan Munira Muhammedova tinglovchilar orasida tojik, fors, arab tilidagi qo‘shiqlari bilan tanilgan edi.
Uzoq yillar G‘anijon Toshmatov nomidagi Dutorchi qizlar ansamblida faoliyat yuritgan Munira Muhammedova salomatligi bilan bog‘liq muammolar sabab jarrohlik amaliyoti yo‘li bilan davolanish uchun Hindistonga yo‘l olgan. Shifokorlar xonandaning jigar sohasida operasiyani o‘tkazishadi, biroq urinishlar zoe ketib, xonanda bevaqt olamdan ko‘z yumdi.
O‘tgan yili 50 yoshni qarshilagan Munira Muhammedovani taniganlar g‘ayratli, samimiy inson sifatida xotirlaydilar.
Fursatdan foydalanib, Munira Muhammedovaning oila a’zolari va yaqinlariga tahririyatimiz nomidan hamdardlik bildiramiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi