Portugaliyalik qo‘shiqchi Salvador Sobral Ukrainada o‘tgan "Evrovidenie" musiqa tanlovida 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
G‘olib 758 ball to‘pladi. 27 yoshli qo‘shiqchi Amar pelos dois ("Ikki yurak sevgisi") qo‘shig‘ini ijro etdi. 2-o‘rinni bolgariyalik Kristian Kostov egalladi, u 615 ball to‘play oldi. 3-o‘rin Moldovaning "SunStroke Project" guruhiga nasib etdi.
Sobral yuragida muammolarga ega bo‘lib, u xastaligi tufayli tanlovning barcha repetisiyalarida ishtirok eta olmadi. Unga yangi yurak ko‘chirilib o‘tkazilishi kerak.
Sobral o‘zining minnatdorchilik nutqida "Portugaliya qahramoni men emasman. Bosh qahramon Krishtianu Ronaldu va shunday bo‘lib qoladi", deb aytgan.
Finalda Moldova, Ozarboyjon, Gresiya, Shvesiya, Portugaliya, Polsha, Armaniston, Avstraliya, Kipr, Belgiya, Bolgariya, Belarus, Xorvatiya, Vengriya, Daniya, Isroil, Ruminiya, Norvegiya, Niderlandiya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Germaniya va Ukraina vakillari ishtirok etdilar.
Portugaliya ushbu tanlovda 1964 yildan beri ishtirok etib keladi va hali biror marta g‘olib bo‘lmagandi.
Sobral Portugaliyadan tanlovda ishtirok etuvchi qo‘shiqchi etib tanlangandan keyin, u ikkita churrani olib tashlash operasiyasini boshdan o‘tkazgan. Shu sababli u tanlovning dastlabki qismini o‘tkazib yuborib, faqatgina yarimfinal qismiga etib kelgan. O‘sha operasiya vaqtida qo‘shiqchining yuragi xastaligi aniqlangan va unga yashab ketishi uchun yil oxirigacha donor yurak o‘tkazish zarurligi aytilgan.
Qo‘shiqchi o‘z qo‘shig‘ida aynan barcha narsaga bardosh bera oluvchi yurak haqida kuylagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi