6 702
Yagona ijtimoiy to‘lovni o‘z vaqtida to‘lamagan san’atkorlar lisenziyasidan mahrum qilinadi
Daromadidan soliq to‘lamaydigan san’atkorlar baribir pensiya yoshiga etgach, davlatdan pensiya oladi. Shu sababli, ular qonunchilikka ko‘ra oyiga 1 minimal ish haqi miqdorida yagona ijtimoiy to‘lovni amalga oshirib borishlari lozim bo‘ladi.
Kun.uz bilan suhbatda «O‘zbekkonsert» konsert-tomosha faoliyatini lisenziyalash bo‘limi boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov ushbu masalaga ham to‘xtalib o‘tdi:
— Xonandalar toifasiga qarab lisenziya uchun to‘lov qilib, uni qo‘lga kiritib, konsert va to‘y-tomoshalarda ko‘rsatgan faoliyatidan daromad solig‘i to‘lashmaydi. Bu Soliq kodeksida belgilab qo‘yilgan.
Biroq, lisenziya olgan kishi xususiy tadbirkor hisoblanadi va oyiga 1 marta yagona ijtimoiy sug‘urta to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirib turishi kerak. Bu 1 minimal ish haqi — 150 ming so‘mga yaqin summani tashkil etadi.
Ayrim san’atkorlarimiz ushbu to‘lovni o‘z vaqtida to‘lashmayotgani aniqlandi. Ayrimlarining davlat oldidagi qarzi 3 million so‘mgacha etadi. Respublika bo‘yicha 3 mingdan ziyod san’atkorga lisenziya berilgani inobatga olinsa, umumiy qarz 600 million so‘mdan ham oshgani aniqlandi.
«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi to‘lovni o‘z vaqtida oshirmagan xonandalarga 1 iyulgacha muddat belgilab berdi. Ushbu muddatgacha yagona ijtimoiy to‘lovdan qarzdorlik to‘liq hajmda to‘lab bermagan san’atkorlarning lisenziyasi vaqtincha to‘xtatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi