21:54 / 04.11.2017
7 563

San’atkorlarning muomala va kiyinish madaniyati nazoratga olinadi

San’atkorlarning muomala va kiyinish madaniyati nazoratga olinadi
2017 yil 3 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi o‘rtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda Madaniyat vazirligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi markaziy apparat xodimlari, OAV vakillari ishtirok etdi.

Mazkur davra suhbatini madaniyat vaziri B.Sayfullayev kirish so‘zi bilan samimiy ochib berdi, madaniyat va san’at sohasida islohotlarni rivojlantirish ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tizimini yo‘lga qo‘yishning asosiy tamoyillaridan biri ekanligini alohida ta’kidladi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari A.Qodirov ushbu Memorandumda ko‘rsatib o‘tilgan barcha hamkorlikdagi ishlar yuzasidan takliflar bildirdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Madaniyat vazirligi o‘rtasida tuzilgan bu hamkorlik asosida teatr san’ati, milliy va zamonaviy qo‘shiqchilik, raqs san’ati hamda teleradiokanallarda efirga uzatiladigan qo‘shiq va kliplarning mazmun-mohiyati, mamlakatimizning san’at saroylarida taqdim etiladigan konsert dasturlarining o‘zbek milliy ma’naviyatini yuksaltirishga qo‘shayotgan hissasini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari, ijodkorlarning faoliyati, kiyinish madaniyati, sahnada o‘zini tutishi, imidji, muomala madaniyatini nazoratga olishni ko‘zda tutuvchi hamkorlik ishlari, ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy tarbiya masalalarida keng ko‘lamli faoliyat olib borish nazarda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » San’atkorlarning muomala va kiyinish madaniyati nazoratga olinadi