9 858
Oleg Nazarov: "O‘zbek oshxonasi jahonda yetakchiga aylandi. U yapon va italyan milliy taomlarini ortda qoldiryapti"
Rossiyalik professional restoran tanqidchisi, satirik yozuvchi, shoumen, Rossiya nyusmeykerlari mustaqil uyushmasi prezidenti Oleg Nazarov o‘zbek milliy taomlari qanday qilib o‘z yo‘nalishi bo‘yicha dunyo yetakchilarini chetga chiqarib qo‘ygani haqida gapirib berdi. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda o‘zbek oshxonasi jahonda yetakchiga aylangan. U yapon va italyan milliy taomlarini ortda qoldiryapti. Rus oshxonasi esa kuchli uchlikka kirish arafasida.
— O‘zbeklar mana o‘n yildirki yetakchilikni hech kimga bermay kelyapti, — deydi u. — Ba’zan «o‘lib borayotgan» restoranni choyxonaga aylantirishdek oddiy, lekin yangicha g‘oyaning o‘zi yetarli bo‘ladi. Hozirda shunday yondashuv jonlanyapti. Faqat oshpazlar O‘zbekistondan bo‘lishi kerak, boshqalarning palovi ularnikidek chiqmaydi.
Tanqidchining kuzatuvlariga ko‘ra, rus oshxonasi Qrim voqeasidan keyin restoranlarda chet el tansiq taomlari yo‘qola boshlagach, qayta tug‘ildi. Taomxonalar eski retseptlarni qidirdi, yangilarini o‘ylab topdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi