21:43 / 17.03.2018
7 003

Endi Shahzoda sizga yanada yaqinroq bo‘ladi

Endi Shahzoda sizga yanada yaqinroq bo‘ladi
Barchaga ma’lum xonanda Shahzoda 6 yil mobaynida har yili “Istiqlol” san’at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etib kelgan. Xonanda 2018 yil bu an’anadan voz kechib, respublikaning turli shaharlaridagi muxlislarini xursand qilishga axd qildi.

Aniqrog‘i, Shahzoda ijodiy jamoasi bilan birgalikda “Shahzoda sening shahringda” nomli konsert dasturi bilan respublika bo‘ylab gastrolga chiqadi. Xonandaning bu qaroridan maqsadi bitta: muxlislariga yanada yaqinroq bo‘lish, ular bilan uchrashish! Konsertda barchaga birdek sevimli bo‘lishga ulgurgan “xit”lar qatori, yangi qo‘shiqlarni ham tinglashga muvaffaq bo‘lasiz.

Konsert turnesi 1 maydan boshlanadi. Konsertlar o‘tadigan manzillar:
1 may Urganch shahridagi markaziy o‘yingoh,
2 may Nukus shahridagi Amfiteatr,
8 may Namangan shahridagi “Navbahor” o‘yingohi,
9 may Andijon shahridagi Amfiteatr,
10 may Farg‘ona shahridagi Amfiteatr,
11 may Qo‘qon shahridagi markaziy o‘yingox,
20 may Samarqand shahridagi “Mo‘jiza” Amfiteatri,
21 may Urgut tumanidagi Amfiteatr,
22 may Buxoro shahridagi markaziy o‘yingox,
23 may Vobkent tumanidagi markaziy o‘yingox,
24 may G‘ijduvon tumanidagi markaziy o‘yingox,
25 may Navoiy shahridagi “Yoshlik” o‘yingoxi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Endi Shahzoda sizga yanada yaqinroq bo‘ladi