Xonanda Lola Ahmedova ruhiy kasal muxlisi sabab vaqti huquq-tartibot idoralarida ketganini ma’lum qildi

  • 28 noyabr 2015, 21:40
  • 6 917
  • Madaniyat
  • Xonanda Lola Ahmedova bir necha yil avval ro‘y bergan muxlislaridan birining qattiq ta’qibi shaxsiy hayotiga ham, ijodiy faoliyatiga ham ta’sir qilganini tan oldi. Xonanda bu haqda «Bekajon» gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

    Xonanda Lola Ahmedova ruhiy kasal muxlisi sabab vaqti huquq-tartibot idoralarida ketganini ma’lum qildi

    «Boshida o‘sha muxlisimning turli ko‘rinishdagi ta’qiblariga e’tiborsizlik bilan qaragandim. Lekin bu voqea nafaqat ijodimga, hatto oilam tinchligiga ta’sir qila boshlaganidan keyin unga jiddiy qarashga majbur bo‘ldim», — deydi xonanda.

    «San’atkor bo‘la turib, o‘sha paytda kuchimni ijodimga sarflashning o‘rniga o‘sha yigitning qayoqdagi uydirmalardan iborat yozuv-chizuvlari tufayli huquq-tartibot organlari idoralarida yurishimga to‘g‘ri keldi», — deydi Lola Ahmedova.

    «To‘g‘ri, u hech qanday natijaga erisha olmadi, chunki unga ruhiy kasal deb tashxis qo‘yishdi. Lekin men shu malomat sabab ketgan vaqtim va asablarimga achinaman», — deya qo‘shimcha qildi xonanda.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xonanda Lola Ahmedova ruhiy kasal muxlisi sabab vaqti huquq-tartibot idoralarida ketganini ma’lum qildi