18:45 / 03.06.2018
6 011

Jo‘rabek ijodidagi yetti yillik tanaffus sabablari haqida gapirib berdi (video)

Jo‘rabek ijodidagi yetti yillik tanaffus sabablari haqida gapirib berdi (video)
Foto: «Daryo»
Xonanda va aktyor Jo‘rabek «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad uyushtirdi.

Intervyu davomida Jo‘rabek yetti yillik ijodiy tanaffus hamda depressiyaga tushib qolish sabablari haqida gapirib berdi.

Avvalo ijodiy tanaffus depressiya holatiga tushib qolishdan boshlandi. Shundan so‘ng O‘zbekistondan ketdim. Baribir o‘zingdan qochib bo‘lmas ekan, o‘zimdan qochishga harakat qilib o‘zimni topdim. Depressiyaning sababi, kutilgan natijadan, muxlislardan ranjishda, oila, xullas hamma-hammasi qo‘shilib-qo‘shilib ketaverdi. Shou-biznesga ilk qadam qo‘yayotganimda, u vaqtlarda menga ko‘p narsalar orzu edi, hozirgilar, yangi chiqayotgan gruppachalar, yulduzchalar shou-biznesga kirib kelayotganda «to‘yga bu ashula yeydi, mana bunaqa ashula qilsam to‘yim ko‘p bo‘ladi», deya noto‘gri fikr bilan harakatlarini boshlashmoqda. Balki ular buni to‘g‘ri deb hisoblashar, balki aslida ham bu to‘g‘ridir, ammo men buni noto‘g‘ri deb hisoblayman, qanaqadir daromadni ko‘zlab shou-biznesga kirib kelish noto‘g‘ri hodisadir. Menda unaqa bo‘lmagan. Men jahon shou-biznesini eshitib oziqlanganman. Zo‘r qo‘shiq qilishga, tanilib, jahon miqyosiga chiqishga intilar edim. Keyin qarasam asil vaziyat unaqa emas ekan. Men Yevropacha o‘ylar ekanman, masalan, bir qo‘shiq chiqardingiz, u qo‘shiqni o‘n beshta radio talashib, iltimos qilib sizdan olishsa, yoki telekanallar iltimos qilib kliplarimizni aylantirsa derdim. Biz qaytanga iltimos qilib, yalinib efirga berishimiz, aslida san’atkor degani nomi ulug‘, suprasi quruq ekanligini keyinroq tushunib yetdim. Shu narsalardan ranjigan edim, bizlarda haqiqiy san’atni rivojlantirish qiyin ekan. Chiqasiz, topadigan daromadingiz faqat to‘ydan, albomlar sotilishi yo‘q, konsertlar yoki ijodiy ish qilib topiladigan boshqa daromat yo‘q. Shuning uchun, anchagina tanaffus qilishga majbur bo‘ldim.

Jo‘rabek, xonanda va aktyor


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jo‘rabek ijodidagi yetti yillik tanaffus sabablari haqida gapirib berdi (video)