Dilnoza Kubayevaning eng ko'p qiynalgan filmidagi roli qaysi?

Dilnoza Kubayeva “Telba” filmidagi rolini suratga olish jarayonida eng ko‘p qiynalganini aytdi. 2008 yilda kuchli sovuqda har bir dialog paytida aktyorlarning og‘zidan tutun chiqqan. Yomg‘ir sahnalari o‘t o‘chiruvchilarning suv purkagichi yordamida katta bosim ostida suratga olingani qiyinchiliklarni yanada oshirgan.
Mashhur aktrisa Dilnoza Kubayeva suratga olingan “Telba” filmi kadr ortidagi qiyinchiliklar haqida fikr bildirdi. Intervyusida u sahnalarni suratga olish jarayonida duch kelgan sinovlar va mashaqqatlarni ochiq so‘zlar bilan tasvirladi.
“Men bilan gonarorni shunday talashganlar, hammasiga ko‘z yumib, shuncha pul hammasi chiqib ketgan. Buni so‘z bilan tasvirlab berolmayman. 2008 yil yomon sovuq bo‘lgan, har bir dialogda tutun chiqib turibdi. O‘lganning ustiga tepgan qilib, yomg'ir sahnasida o‘t o‘chiruvchilarning suv purkagichida foydalanamiz deyishgan. Juda katta bosimda yomg‘ir sahnasi bo‘lgan, afsuski, yomg‘ir sekin yog‘maydi, bosim bilan berishadi. O‘zi sovuq, yana ustimizdan yomg'ir quyishi kerak bo'ladi. Shunaqa qiynalganman, man bunaqa qiynalganimni eslolmayman,” – deydi aktrisa.
Kubayeva o‘z so‘zlarida film suratga olish jarayonida yuzaga kelgan tabiiy sharoitlar, texnika va maxsus effektlar tufayli yuzaga kelgan qiyinchiliklarni ochiq bayon qildi. Bu esa kino olamida aktyorlar duch keladigan real sinovlar va mashaqqatlarni tomoshabinlarga yaqindan tushuntiradi.































Izohlar 0
…