21:03 / 19.10.2018
6 127

2019 yil Toshkentda nufuzli xalqaro moda haftaligi o‘tkaziladi

2019 yil Toshkentda nufuzli xalqaro moda haftaligi o‘tkaziladi
Foto: O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati
O‘zbekiston vakillari Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro moda haftaligida ishtirok etdi.

Taraz shahrida tashkil etilgan “Aspara Fashion Week” Xalqaro moda haftaligi o‘zbekistonlik dizaynerlarning ishlari AQSh, Italiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Turkiya, Serbiya, Rossiya, Hindiston, Gruziya, Xitoy, Gollandiya va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan mashhur dizaynerlar tomonidan qiziqish bilan kutib olindi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, tadbir doirasida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Qozog‘iston Respublikasi “ATAMEKEN” tadbirkorlar palatasi hududiy bo‘limi va “Qozog‘iston tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi” Respublika nodavlat jamoat tashkiloti rahbarlari bilan davra suhbati tashkil etildi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Ayollar va oilaviy demografiya siyosati milliy komissiyasi o‘rtasidagi anglashuv memorandumi doirasida qo‘mita ta’sischiligida tashkil etilgan “Nafis Travel” MChJ bilan Qozog‘iston Respublikasi Jambil viloyati “Ichki va tashqi turizm assotsiatsiyasi” hamda “Jambil Turizm sanoati assotsiatsiyasi” o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. “Aspara Fashion Week” xalqaro moda haftaligini 2019 yilda Toshkent shahrida o‘tkazishga kelishib olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 2019 yil Toshkentda nufuzli xalqaro moda haftaligi o‘tkaziladi