O‘zbekiston prezidentining 2018 yil 1 noyabrda qabul qilingan "Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida"gi qaroriga binoan har ikki yilda Surxondaryo viloyatida Xalqaro baxshichilik san’ati festivali o‘tkazilishi belgilandi. Mutasaddi tashkilotlar tomonidan festival 2019 yil 5-10 aprel kunlari o‘tkazilishi belgilandi.
Festival doirasida Termiz shahridagi Surxondaryo san’at saroyi maydonining yon atrofida baxshichilik san’atiga oid turli ko‘rgazmalar, qadim folklor cholg‘ulari va liboslari, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi tashkil qilinadi.
Madaniyat vazirligi festivalning ochilish marosimiga tayyorgarlik ishlarini boshlash maqsadida ssenarist va rejissyorlar, yozuvchi va shoirlar, bastakorlar va baleytmestrlar, sahna rassomlari, iste’dodli yosh san’atkorlarni jalb etadi. Shuningdek, madaniyat vazirligi talabnomasiga binoan, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan festival mehmonlari uchun kirish vizalaridan konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
“Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi
Xotira – abadiy, qadr – muqaddas!
O‘zbekiston elchixonasi Dehli aeroportida 5 kg oltin bilan ushlangan fuqarolarga bog‘liq holatni nazoratga oldi
Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi
Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi