14:00 / 18.11.2018
8 587

Malika Avazova xalqaro teatr festivalida “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi

Malika Avazova xalqaro teatr festivalida “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi
O‘zbekiston davlat drama teatri aktrisasi Malika Avazova Qirg‘izistondagi “Aytmatov jana teatr” (Aytmatov va teatr) xalqaro teatr festivalida "Eng yaxshi ayol roli uchun" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Turon24 ma’lum qildi.

"Biz juda xursandmiz. Teatrimizning iqtidorli aktrisasi Malika Avazova "Eng yaxshi ayol roli uchun" nominatsiyasida g‘olib deb topildi. Aktrisa bu mukofotga rejissyor G‘ofir Mardonovning "Jamila" spektaklidagi Jamila roli uchun sovrindor deya e’tirof etildi. Hozir Qirg‘iziston opera va balet teatri binosida "Aytmatov jana teatr" (Aytmatov va teatr) xalqaro teatr festivali yakuniy qismi, taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Yana bir quvonchli voqea taqdirlash marosimida namoyish etilayotgan teatrlashtirilgan konsert dasturida O‘zbekiston davlat drama teatri aktyori Kamoliddin Rahmonov o‘z qo‘shiqlari bilan ishtirok etmoqda. Umuman olganda jamoamiz erishgan yutuq tahsinga loyiq. Xalqaro festival doirasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon, Rossiya mamlakatlari Chingiz Aytmatov asarlari asosida sahnalashtirilgan spektakllari bilan ishtirok etishdi", - dedi Sardor Mansurov Turon24 muxbiri bilan suhbatda.

Ushbu festival Chingiz Aytmatovning 90 yilligi munosabati bilan 12-17 noyabr kunlari Bishkek shahrida tashkil etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Malika Avazova xalqaro teatr festivalida “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi