22:42 / 03.12.2018
3 893

Kembrij lingvistlari o‘lik tilda film suratga olishdi

Kembrij lingvistlari o‘lik tilda film suratga olishdi
Kembrij universiteti lingvistlari hozirda o‘lik hisoblanadigan bobil tilida film suratga oldilar. Bundan 2 000 yil oldingi voqealar haqidagi mazkur film qahramonlarining barchasi o‘sha davr tilida so‘zlashadilar.

“Nippuralik kambag‘al odam” deb nomlangan 20 daqiqalik bu film voqealari qadimgi Mesopotamiya mamlakatlaridan birida sodir bo‘ladi. Filmda bosh qahramon yigitning echkisini o‘ldirib qo‘ygan shahar hokimidan qasos olishga otlangani hikoya qilinadi.

"O‘lik tilni qayta jonlantira olish ham o‘ziga yarasha san’atdir. Biz bobil tilining grek alifbosidagi transkripsiyasidan foydalandik. Shuningdek, bobil tilining arab va irvit tillari bilan bog‘liq jihatlari borligi ham ishimizga ko‘maklashdi”, deydi film ustida ish olib borayotgan lingvistlar guruhi rahbari, professor Martin Uortington.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kembrij lingvistlari o‘lik tilda film suratga olishdi