00:30 / 12.12.2018
6 012

“Berlin – Oqqo‘rg‘on” filmi premerasi qachon bo‘lishi belgilandi

“Berlin – Oqqo‘rg‘on” filmi premerasi qachon bo‘lishi belgilandi
14 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda rejissyor Zulfiqor Musoqovning “Berlin – Oqqo‘rg‘on” badiiy filmining yopiq premerasi o‘tkaziladi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi matbuot kotibi Azizbek Qurbonov ma’lum qildi.

“O‘zbekiston san’at arbobi Zulfiqor Musoqov surat olgan “Berlin – Oqqo‘rg‘on” badiiy filmida o‘zbek o‘g‘lonlarining 1941 – 1945-yillarda kechgan Ikkinchi jahon urushidagi qahramonligi, shuningdek, O‘zbekiston xalqining front ortidagi matonati hamda insoniyligi aks ettirilgan. Uzoq kutilgan filmning katta ekrandagi ilk namoyishi 14 dekabr kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyda bo‘lib o‘tadi. Namoyishga asosan jurnalistlar taklif etilishi ko‘zda tutilmoqda. Namoyishdan so‘ng filmga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etiladi. Unda film ijodkorlari jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga yuzma-yuz javob beradi“, – dedi Azizbek Qurbonov.

Filmning suratga olish ishlari avgust oyining boshida nihoyasiga yetgan edi.

Kino ijodkorlarining ma’lumotlariga ko‘ra, kartinada Ikkinchi jahon urushiga oid ko‘plab ma’lumotlar, tarixiy shaxslar o‘rin olgan. Unda Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq o‘ziga xos siyosiy o‘yinlar fonida ikki – o‘zbek va yahudiy oilasida kechayotgan voqealar aks etgan.

Filmning katta ekrandagi rasmiy premerasi 18 dekabrda bo‘lishi kutilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Berlin – Oqqo‘rg‘on” filmi premerasi qachon bo‘lishi belgilandi