13:30 / 31.01.2019
8 730

Tojikistonlik mashhur xonanda Shabnam Surayyo Toshkentda konsert beradi

Tojikistonlik mashhur xonanda Shabnam Surayyo Toshkentda konsert beradi
Tojikistonlik xonanda Shabnam Surayyo O‘zbekistonga keladi deb yozadi Sputnik nashri.

“Yaqinda men serquyosh O‘zbekistonda bo‘laman. Meni ukamning (Zoxirshox Jo‘rayev tah.) 3-4 fevral kuni Toshkentda katta konserti bo‘ladi. O‘sha yerda yangi duet qo‘shig‘imizni e’tiboringizga havola qilamiz”, - deb yozgan xonanda o‘zining Instagramdagi sahifasida.

Qo‘shiqchining muxlislari bu xabardan xursand bo‘lib, Samarqandda ham konsert berishini so‘rashdi.
O‘tgan yil aprel oyida Shabnam Surayyo O‘zbekistonda “Boysun bahori” folklor festivalida ishtirok etgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Tojikistonlik mashhur xonanda Shabnam Surayyo Toshkentda konsert beradi