20:23 / 10.04.2019
4 272

”Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti o‘z ishini boshladi

”Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti o‘z ishini boshladi
Taqdirlash marosimiga ustoz rejissyorlar, aktyorlar, shuningdek, yosh san’atkorlar, turli tashkilot vakillari tashrif buyurmoqda.

- Men ushbu ”Oltin Humo”ni butun dunyoga chiqishini tilayman. - deydi Yodgor Sa’diyev, taniqli aktyor. - Dunyodagi eng katta kino mukofoti ”Oskar” bo‘ladigan bo‘lsa, undagi nominantlar ”Oltin Xumo” ni qo‘lga kiritgan g‘oliblar bo‘lsin deyman.

Kinotaqdimotga mustaqil kino ijodkorlari, yosh aktyor va rejissyorlar nomzodlari ham qo‘yilgan. G‘oliblar esa sanoqli daqiqalardan so‘ng e’lon qilinadi.

- Ushbu milliy mukofotga ”Qotillar o‘yini” badiiy filmimiz nominatsiyaga qo‘yilgan. - deydi Shavkat Komilov, yosh rejissyor va aktyor. - Bundan men albatta xursandman. Boisi yosh aktyor va rejissyor sifatida ustozlar e’tibori va e’tirofi menga yanada ko‘proq ijod qilishga, yangi g‘oyalar izlashga turtki beradi deb ayta olaman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » ”Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti o‘z ishini boshladi