2018 yilda byudjeti shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Scorpion” filmiga ketgan xarajatlar oshkor qilindi.
Rejissyorning aytishicha, loyihaning davlat byudjetiga umuman aloqasi yo‘q. “O‘zbekkino” MAdan bir so‘m ham olinmagan. Mudofaa vazirligi bilan qo‘shma kelishuv imzolanganidan so‘ng vertolyot va otishma sahnalarida foydalaniladigan o‘qlar, barchasi beg‘araz taqdim etilgan. Milliy teleradiokompaniya reklama masalasida katta yordam bergan.
“1 mln dollar deb kamaytirib yubordingiz. 5 mln dollar, 44 mlrd so‘m sarflangan, bu Yoshlar Ittifoqining loyihasi, pullar qayoqqa ketdi, deyishgandi. Men hatto sizga hisobotlarni ko‘rsatishim mumkin. Aynan Yoshlar Ittifoqidan 900 mln so‘m olingan", deydi rejissyor Muxlisa Azizova.
U “Scorpion” filmi byudjeti 11 mln dollarni tashkil etishini taxmin qilishganini qo‘shimcha qilgan:
“Rossiya kinosanoatida Janik Fayziyev degan mashhur prodyuser bor. Prologue-2018 ochilish marosimida “Scorpion”ning ham premerasi bo‘lgan. Janik Fayziyev Rossiya hisobi bilan olganda ushbu film byudjeti 11 mln dollarni tashkil etishini taxmin qilgandi. Professional prodyuserga haqiqiy byudjetni aytganimda shok holatiga tushdi. So‘mda hisoblaydigan bo‘lsak, film byudjeti 4,5 mlrd so‘mga ham yetmagan”. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi