Qirg‘izistonda o‘tkazilgan yosh kinoijodkorlarning VII "Umut" kinofestivali yakuniga yetdi. Festivalda o‘zbekistonlik yosh kinorejissyorlar Ilhom Haydarov “O‘g‘ri”, Husniddin Boymatov “Dunyodagi eng go‘zal surat” nomli qisqa metrajli filmlari bilan ishtirok etishdi.
Festivalda o‘z filmlarini namoyish qilgan yosh ijodkorlar bu ishtirok ular uchun o‘ziga xos tajriba maydoni bo‘lganini, ya’ni zamonaviy kino qay yo‘nalishda harakatlanayotgani, boshqa kino maktablari qanday filmlar yaratayotganiga guvoh bo‘lganini ta’kidlashdi, deb xabar berdi "O‘zbekkino".
Festivalda hakamlar hay’ati a’zosi sifatida qatnashgan kinoshunos, ssenarist Elmira Hasanovaning ma’lum qilishicha o‘zbekistonlik yosh rejissyorlar Ilhom Haydarov hamda Husniddin Boymatovning filmlari hakamlar hay’ati va ishtirokchilar tomonidan iliq kutib olingan. E.Hasanova mazkur kinoforumda o‘zbekistonlik ishtirokchilar nafaqat diplom va sovrinlarni, balki asosiy "sovrin" – orttirilgan tajriba va yangi do‘stlar bilan tanishish, fikr almashish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.
Festivalda London kinomaktabi bitiruvchisi ozarbayjonlik yosh ijodkor O‘rxan Og‘azodaning "Stullar" nomli qisqa metrajli filmi "Eng yaxshi film" deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu kinofestivalda yosh kinorejissyor Shokir Xoliqov "Choy" filmi bilan ishtirok etib, 2 ta nominatsiya bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?