09:00 / 16.12.2019
4 275

Olovuddinning O‘zbekistondagi sarguzashtlari haqida parkur harakatlariga boy qisqa metrajli film namoyish etildi (video)

Olovuddinning O‘zbekistondagi sarguzashtlari haqida parkur harakatlariga boy qisqa metrajli film namoyish etildi (video)
Parkur harakatlari ishlatilgan film tarixiy janrda suratga olingan bo‘lib, uning syujeti Sharq ertaklarining mashhur qahramoni hisoblangan Olovuddinning yangi sarguzashtlariga bag‘ishlangan. Film O‘zbekistonning Xiva hamda Buxoro shaharlarining YuNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan noyob tarixiy obidalari joylashgan maskanlarda suratga olingan, deb yozmoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Axborot xizmati.

Olovuddin rolini ekstremal aktyor Kalen Chan ijro etgan. Mazkur film O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan YouTube ijtimoiy videohostingidagi Devin super tramp kanalining rejissyori, amerikalik Devin Grem tomonidan ishlangan.

«O‘zbekistonda bir umr suratga olish imkonimiz bor edi. Tasvirga olish ishlarini Buxoro va Xiva shaharlarida amalga oshirdik. Hammasi xuddi filmdagidek ko‘rinardi, lekin bari real edi. Odamlarning munosabati do‘stona, taomlar nihoyatda mazali, binolar va tarix esa fenomenal edi», — deya izoh qoldirilgan kanalda. Sarguzashtlar va sportning ekstremal turlari haqida videoroliklar yaratuvchi kanalning 5,5 milliondan ziyod obunachisi bo‘lib, undagi videolar 1,3 milliard martadan ortiq ko‘rilgan.

Video syujetiga ko‘ra, Olovuddin sehrli chiroqni o‘g‘irlab, Buxoro ko‘chalari bo‘ylab parkur harakatlarini amalga oshiradi va ta’qibchi qaroqchilardan epchiligini namoyish qilib qochadi. Uni quvayotgan qilich ko‘targan bezorilar esa dog‘da qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Olovuddinning O‘zbekistondagi sarguzashtlari haqida parkur harakatlariga boy qisqa metrajli film namoyish etildi (video)