Texas universitetining Dallasdagi tibbiy markazi olimlari insult va infarktning favqulodda paydo bo‘lmasligini bartaraf etish mumkin yo mumkin emasligi masalasida alohida tadqiqotlar o‘tkazishdi. Tadqiqotlarda 40-80 yosh atrofidagi bir guruh ko‘ngillilar ishtirok etdi. Maqsad bitta edi. Qanday qilib bo‘lmasin, sog‘lom odamni bexosdan insult yoki infarktga yo‘liqishini yo‘qqa chiqarish.
Izlanishlar, tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, yuz foiz sog‘lomman degan odam ham daf’atan yuqorida nomlari keltirib o‘tilgan xastaliklarga chalinishi mumkin ekan. Xastalik esa qachonki arteriyada kalsiy moddasi mavjud bo‘lsa, to‘satdan yuz ko‘rsatarkan.
Arteriyasida kalsiy moddasi mavjud bo‘lmaganlar, sira qo‘rqmasdan yashashda davom etishlari mumkin ekan. Olimlar basharti kimningdir arteriyasida zararli xolesterindan tashqari yana kalsiy bo‘lsa, zudlik bilan mutaxassisga uchrashib muolajalar boshlashni tavsiya etishmoqda. Sababi, kalsiy istalgan vaqtda yo yurak, yo miyaga zarba yo‘llab, siz-u bizni og‘ir xastalikka chalintirishi tayin.
Yana olimlar shu narsani alohida aytib o‘tishdiki, kalsiy odamning arteriyasi, ya’ni, qoni tarkibida emas, organizmdagi o‘zi uchun ajratilgan joyda yashashi va o‘zining foydali amallarini ado etishi lozim.
Manba: hordiq.uz
Транслитератор 188180 маротаба ишлатилган. Ундан 162821 - Web API орқали. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi