Toshkent shahar hokimi: “Prezidentning yangi farmoni qog‘ozda qolib ketmaydi”

  • 28 oktyabr 2016, 15:15
  • 9 131
  • O‘zbekiston
  • Toshkent shahar hokimi: “Prezidentning yangi farmoni qog‘ozda qolib ketmaydi”

    Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 5 oktyabr kuni “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4848 sonli qarorga imzo chekkani haqida xabar bergan edik.

    Mazkur farmon tadbirkorlar faoliyatiga keng yo‘l ochishda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning biznesiga nazorat organlari, xususan, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, prokuratura, ichki ishlar, sudlarning asossiz aralashuvi, besabab tekshiruvlar o‘tkazishlarini bartaraf etishda, tadbirkorlar hadiksiramay, emin-erkin faoliyat yuritishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu haqda «Qalampir» yozmoqda.

    Qachonlardir Soliq inspeksiyasi yoki prokuratura xodimlarining tadbirkorlar faoliyatiga aralashuvi, o‘z jig‘ildoni yo‘lida amalga oshirgan xatti-harakatlari ko‘pchilik tadbirkorlarni bezdirib qo‘ygandi. Buning bir uchi esa korrupsiyaga borib taqalardi. Oqibatda kechagina yo kredit, yo qarz evaziga tadbirkorligini boshlagan odamning ham birinchi o‘yi “kimning cho‘ntagiga borib qo‘l suqsam yoki oqzini moylasam, ishim tezroq bitarkin?” ko‘rinishidagi xayollar bo‘lardi.

    Bugun, 27 oktyarbr kuni “Istiqlol” san’at saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonini keng jamoatchilik, xususan, tadbirkorlarga etkazish, ular ishtirokida farmonni muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan yig‘ilishda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan masalalarga, byurokratiya, korrupsiya, asossiz tekshiruvlar o‘tkazish masalalariga e’tibor qaratilib, tadbirkorlar faoliyati davlat himoyasida ekani alohida ta’kidlandi.

    Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Ixtiyor Abdullaev, Ichki ishlar vaziri Adxam Axmedbaev, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiev, Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov ishtirok etdilar.

    Anjuman onlayn tarzda tashkil etildi va Mirobod tumanidagi Temiryo‘lchilar saroyi, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish instituti, Olmazor tumanidagi R.Glier nomidagi Respublikasi ixtisoslashtirilgan akademik lisey, Yashnobod tumanidagi Aviasozlar saroyi, Chilonzor tumanidagi Toshkent davlat pedogogika universiteti, Shoyxontohur tumanidagi O‘zbek Milliy akademik drama teatri hamda Alisher Navoiy nomidagi kinochilar uyida, Yunusobod tumanidagi “Turkiston” san’at saroyi, Toshkent davlat axborot texnologiyalari universitetida va barcha tumanlardagi 505 ta mahallalarni qamrab oldi.

    Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Ixtiyor Abdullaev, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiev va Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov so‘zga chiqib, tadbirkorlar bilan o‘tkazilayotgan bunday muloqotlar ilk bor tashkil etilayotgani va davomiy bo‘lishini, ularga kelajakda katta shart-sharoitlar yaratib berilishini va buni shaxsan Shavkat Mirziyoyevning o‘zi nazorat qilayotganini bot-bot takrorlashdi.

    “Prezidentning navbatdagi farmoni qog‘ozda qolib ketadi, deb o‘ylamanglar. Bugungi yig‘ilishdan natija bo‘lishi shart. Biz yig‘ilishda Toshkent shahridagi qariyb 38 ming tadbirkorni qamrab olishga erishdik.

    Prezident farmoni chiqqanidan so‘ng, tadbirkorlar bilan muloqotda bo‘ldim, ularning fikrlari bilan qiziqdim. Ko‘pchilik tadbirkorlar bu farmon ham qog‘ozda qolib ketadi, natija bo‘lmaydi, hammasi eski hammom – eski tosligicha qolaveradi, deb o‘ylashayotgan edi. Yo‘q, tadbirkorlar bunday xayollarga bormasligi uchun biz respublikaning birinchi rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etdik.

    Toshkent shahrida ishlab chiqariladigan yalpi hududiy mahsulotning 65 foizini kichik va o‘rta biznes sub’ektlari tashkil etmoqda. Biz buni kelajakda 80 foizga olib chiqishimiz kerak”, deydi Rahmonbek Usmonov.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkent shahar hokimi: “Prezidentning yangi farmoni qog‘ozda qolib ketmaydi”