Kuylyuk bozori yonidagi ko‘prikda mast erkak o‘z joniga qasd qilishga urindi

Shanba kuni kechqurun Toshkentning Bektemir tumanida o‘z joniga qasd qilishga urinishning oldi olindi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari Kuylyuk bozori yaqinidagi ko‘prikdan sakramoqchi bo‘lgan erkakni vaqtida to‘xtatib qolgan. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
Tuman IIB huzuridagi qo‘riqlash xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa haqida xabar soat 21:18 da (Toshkent vaqti bilan) kelib tushgan. Voqea joyiga yetib borgan xodimlar ko‘prik panjarasi ustida 1987 yilda tug‘ilgan (38 yosh) erkakni aniqlagan.
Tekshiruvlarda fuqaro spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgani va sakrash niyatida ekani ma’lum bo‘lgan. Xodimlar uni xavfsiz joyga olib tushib, holat yuzasidan sabablarni aniqlash hamda zarur yordam ko‘rsatish uchun tegishli surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!