date

PSJ Diomande uchun RB Leyptsigdan 100 mln yevro so'ralmoqda

PSJ Diomande uchun RB Leyptsigdan 100 mln yevro so'ralmoqda

RB Leyptsigning 19 yoshli vingeri Yan Diomande faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko'ra, futbolchini tarkibiga qo'shib olish variantini PSJ jiddiy ko'rib chiqmoqda. Biroq nemis klubi qishda ivuar futbolchisini qo'yib yuborishga shoshilmayapti va uning narxini 100 million yevroga baholamoqda.

Diomandega APL klublari hamda "Bavariya" ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Shu bilan birga, boshqa da'vogarlar vingerning qiymatini 60 million yevro atrofida ko'rmoqda. Manbalarga ko'ra, yosh futbolchining Leyptsigdan ketishi yozgi transferlar davriga ko'proq yaqin.

Diomande 2025 yil yozida "Leganes"dan RB Leyptsigga 20 million yevro evaziga o'tgandi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda ivuar futbolchi nemis klubi safida 16 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali Diomandeni 45 million yevroga baholagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ Diomande uchun RB Leyptsigdan 100 mln yevro so'ralmoqda