Qirgʻizistondan Oʻzbekistonga shakar importi 39 foizga oshdi

Qirgʻiziston 2025 yilning yanvar–oktabr oylarida Oʻzbekistonga 17,6 ming tonna shakar yetkazib bergan. Tazabek xabariga koʻra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 39 foizga yuqori. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Yetkazib berishlarning qiymati ham sezilarli oshgan: bir yil ichida eksport tushumi 8,7 mln dollardan 12 mln dollargacha ko‘tarilgan.
Qirgʻiziston shu davrda shakarni boshqa yo‘nalishlarga ham jo‘natgan — Tojikistonga 108 tonna, Afgʻonistonga esa 15 tonna mahsulot yetkazilgan.
Oʻzbekiston Milliy statistika qoʻmitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning noyabr oyi boshiga kelib mamlakatda oziq-ovqat importi 3,5 mlrd dollardan oshgan. Yillik o‘sish 18 foizni tashkil etgan.
Shuningdek, 2025 yilning dastlabki o‘n oyida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 787,3 mln dollarga yetgan. 2024 yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 674,4 mln dollar bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!