date

Gonsalo Garsiya Realdagi beshinchi ideal xet-trik muallifi bo'ldi

Gonsalo Garsiya Realdagi beshinchi ideal xet-trik muallifi bo'ldi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya La Liganing 19-turida «Betis»ga qarshi o'yinda (5:1) xet-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21 yoshli forvard «ideal xet-trik»ni rasmiylashtirdi: u chap oyog'i, o'ng oyog'i va bosh bilan bittadan gol urdi. Madrid Xtra ma'lumotiga ko'ra, Garsiya 2015 yildan beri «qaymoqranglilar» safida bunday natijaga erishgan beshinchi futbolchiga aylandi. Avvalroq bu yutuq Krishtianu Ronalduga uch marta, Karim Benzema, Garet Beyl va Rodriga esa bir martadan nasib etgandi.

E'tiborlisi, yakshanbadagi «Betis»ga qarshi uchrashuvga qadar Gonsalo Garsiya joriy mavsumda gol ura olmagandi. Ispaniyalik futbolchi asosiy tarkibda kamdan-kam ko'rinadi, chunki uning pozitsiyasida raqobatchi bo'lgan Kilian Mbappe hozir jarohat sabab maydonga tusha olmayapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gonsalo Garsiya Realdagi beshinchi ideal xet-trik muallifi bo'ldi