date

O'zbekistonda 2025 yilda 787 km elektr uzatish tarmoqlari yangilandi

O'zbekistonda 2025 yilda 787 km elektr uzatish tarmoqlari yangilandi

O'zbekistonda 2025 yil davomida 787 kilometr magistral elektr uzatish liniyalari kapital ta'mirdan chiqarildi. Bu haqda Energetika vazirligi o'tgan yil yakunlari bo'yicha ma'lumot berdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Hisobotga ko'ra, mamlakat bo'ylab 29,5 ming kilometr taqsimlovchi elektr tarmoqlari ta'mirlandi. Shuningdek, magistral podstansiyalardagi 9 ta transformator va 10,2 mingta transformator punkti qayta tiklandi.

Modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari doirasida yana 8,6 ming kilometr elektr uzatish liniyasi, 2,3 mingta transformator punkti hamda 28 ta podstansiya yangilandi. Natijada 800 mingdan ortiq xonadonda elektr ta'minoti sifati yaxshilangani qayd etildi.

Infratuzilma yangilanishi fonida yil davomida iste'molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmi 14 foizga oshib, 77,1 mlrd kVt·soatga yetdi.

2025 yilda respublikada “yashil” energetika yo'nalishi ham kengaytirildi: umumiy quvvati 2 GVt bo'lgan kichik quyosh qurilmalari ishga tushirildi. Elektr energiyasini tejash ko'rsatkichi esa 2,7 mlrd kVt·soatni tashkil etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O'zbekistonda 2025 yilda 787 km elektr uzatish tarmoqlari yangilandi