date

Rossiyaliklar uchun eng arzon dam olish joylari ro‘yxatida O‘zbekiston ikkinchi o‘rinni egalladi

Rossiyaliklar uchun eng arzon dam olish joylari ro‘yxatida O‘zbekiston ikkinchi o‘rinni egalladi

2026 yilda Rossiya fuqarolari uchun eng arzon dam olish yo‘nalishlari ro‘yxatida O‘zbekiston ikkinchi o‘rinda turadi. Ekspertlar tomonidan tuzilgan ro‘yxatga ko‘ra, Belarus 80 ming rubldan boshlanib, Rossiyalik sayyohlar uchun eng arzon ta'til manzili sifatida birinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston esa 93 ming rublga (taxminan 14 million so‘m) bir hafta davomida dam olishni ta’minlaydi. Keyingi o‘rinlarda esa Qirg‘iziston (105 ming rubl), Armaniston (107 ming rubl), G‘ruziya (108 ming rubl) va Turkiya (152 ming rubl) joylashgan. Xitoy esa 157 ming rublga yetgan.

Bu ro‘yxat, 2026 yilda sayyohlar uchun eng arzon va sifatli dam olish manzillarini tanlashda yordam beradi, va O‘zbekistonning turistlar uchun qulay va arzon ta'til imkoniyatlari o‘rni mustahkamlanayotganini ko‘rsatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Rossiyaliklar uchun eng arzon dam olish joylari ro‘yxatida O‘zbekiston ikkinchi o‘rinni egalladi