Napoli g'alaba qildi, Neres esa maydonni jarohat bilan tark etdi

Italiya A Seriyasining navbatdagi uchrashuvida amaldagi chempion “Napoli” rimning “Latsio” klubini mag'lub etdi, biroq bahs jamoa uchun yoqimsiz xabar bilan yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ikkinchi bo'lim o'rtalarida so'nggi paytlarda yaxshi formaga kirib olgan braziliyalik hujumchi David Neres jarohat sabab o'yinni davom ettira olmadi va maydonni tark etdi.
Keyinroq klub futbolchining to'piq qismidan shikast olganini ma'lum qildi. Jarohat jiddiy bo'lishi mumkin: calcionapoli1926.it xabariga ko'ra, Neres stadiondan qo'ltiqtayoq yordamida chiqib ketgan.
Eslatib o'tamiz, Neres 2024 yildan buyon “Napoli” safida o'ynab kelmoqda. U bungacha “Ayaks” va “Benfika” jamoalarida ham to'p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing