O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali nafaqat Toshkent, balki Samarqandda ham o‘rnatiladi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
Akademiya saytiga joylashtirilgan xabarda keltirilishicha, haykal Samarqanddagi Toshkent ko‘chasi bo‘ylab joylashgan xiyobonda, Registon maydonidan o‘ng tomonga o‘rnatiladi. Poytaxtning qaysi qismidan haykal uchun joy ajratilishi esa hozircha ma’lum emas.
Manbalarimizning ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi Prezident haykali O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham o‘rnatilishi mumkin.
Ayni paytda Islom Karimov haykali loyihasi bo‘yicha xalqaro badiiy tanlov davom etmoqda. U diplomli haykaltarosh va arxitektorlar uchun ochiq. Tanlov ishlari 31 martga qadar qabul qilinadi.
Qabul qilib olingan loyihalar Badiiy akademiya Markaziy ko‘rgazmalari zaliga eksponat sifatida qo‘yiladi va barcha xohlovchilar 10 aprelga qadar ularni tomosha qilishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi