Bir necha kun oldin O‘zbekistonda 3 ta yangi telekanal ish boshlashi haqida xabar bergan edik.
“Futbol TV”, “Karavan TV” hamda “Zo’r TV” deb nom olgan telekanallar allaqachon lisenziya olib bo‘lgan. Ma’lumotlarga qaraganda, “Futbol TV” “UzReport” telekanali qoshida, “Karavan TV” esa “MY5” telekanali qoshida tashkil etilmoqda, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
Uch telekanal orasida birinchi bo‘lib o‘z ishini “Zo’r TV” boshlashi kutilmoqda. Anchadan buyon teledasturlarni suratga olib kelayotgan telekanal efirlarini 1 fevraldan boshlash rejalashtirilmoqda.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda, telekanal “Vodiy sadosi” radiosi hamda “Artel”, “Imzo” shirkatlari rahbariyati muassisligida tashkil etilgan.
Uzunquloq gaplarga qaraganda, O‘zbekistonda bir vaqtlar faoliyati tugatilgan xususiy telekanallar va jurnallar xodimlari, teleboshlovchilar va jurnalistlar “Zo’r TV”ga ishga qabul qilingan. Asosan ko‘ngilochar ko‘rsatuvlarni efirga uzatishni rejallashtirgan telekanalning bosh rejissyorlik vazifasi esa xonanda Jahongir Poziljonovga ishonib topshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak"