17:53 / 12.03.2017
6 225

Muqimiy va Bunyodkor chorrahasi Navro‘z arafasida ochilishi e’lon qilindi

Muqimiy va Bunyodkor chorrahasi Navro‘z arafasida ochilishi e’lon qilindi

Muqimiy va Bunyodkor chorrahasi ochilishi Navro‘z arafasi kunlariga ko‘chirildi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" kompaniyasiga asoslanib "Sputnik" nashri xabar berdi.

Ilgariroq Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasi 23 fevralga qadar yopilgani e’lon qilingan edi. Ammo sal o‘tmay kompaniya matbuot-xizmati 11 fevral kuni yopilgan chorrahaning transport harakati uchun ochilishi 2017 yil 10 martga ko‘chirildi, deya xabar tarqatgan edi.

"Ma’lum ishlarning davom etayotganligi, hamda xavsizlikni ta’minlash maqsadida, chorrahaning transport harakati uchun ochilishi "Navro‘z" bayrami arafasi kunlariga qo‘chirildi. Tirbandlikni keltirib chiqarmaslik maqsadida, qurilish vaqtida boshqa ko‘chalardan foydalanishni so‘raymiz. Yuzaga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz", — deyilgan ayni vaqtda berilgan xabarda.

Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishuvida, metroning "Novza" bekati yaqinida uzunligi 600 metrga teng bo‘lgan, olti qator yo‘l tushadigan yangi ko‘prik qurilishi 2016 yilning 16 sentyabridan boshlangan edi.

Yo‘l o‘tkazgich Navro‘z bayrami (21 mart)da foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Muqimiy va Bunyodkor chorrahasi Navro‘z arafasida ochilishi e’lon qilindi