17:37 / 08.04.2017
5 490

O‘zbekiston aholisining qariyb 34 foizi amaldor faoliyati hamma uchun ham oshkora emas, deb hisoblaydi

«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyatidan aholining xabardorlik darajasini aniqlashga qaratilgan so‘rovnoma doirasida davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari faoliyati samaradorligi va oshkoraligi bo‘yicha ham respondentlarning fikri o‘rganilgan. Bu haqda O‘zAga tayanib "Daryo.uz" xabar bermoqda.

Fuqarolar hokimiyatning ijroiya organlari faoliyatidan turli darajada qoniqishi so‘rovnoma natijalarida aks etgan. Har ikkinchi respondent hokimiyat ijroiya organlari ishidan mamnun, har uchinchisi – qisman rozi, 12,1 foizi – rozi emas.

Ishtirokchilar hokimiyat ijroiya organlari rahbarlari faoliyatining fuqarolarga ochiqligini ham turlicha baholagan.

«40,7 foiz respondentga ko‘ra, barcha ma’lumotlar ochiq va etarli. Qatnashchilarning 33,9 foizi hamma fuqarolar uchun ham ma’lumotlar oshkora emas, deb hisoblaydi», — deyiladi O‘zA axborotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston aholisining qariyb 34 foizi amaldor faoliyati hamma uchun ham oshkora emas, deb hisoblaydi