19:45 / 08.04.2017
8 434

Samarqand tibbiyot kolleji bo‘lim boshlig‘i pora olayotganda ushlandi


Samarqand viloyat Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan birgalikda samarqand tibbiyot kolleji hamshiralik bo‘limi boshlig‘i Hakimjon Matyoqubovga nisbatan tadbir o‘tkazdilar.

"Hakimjon Matyoqubov o‘z shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab ota-onalarga ularning farzandlarini qabul komissiyasi rasman ish boshlaguniga qadar o‘quv yurtiga joylab qo‘yishini aytgan. U bu yilgi o‘quv yili uchun ikki abiturientni kollejga joylash uchun samarqandlik fuqarodan 2200 dollar so‘ragan", — dedi MXX vakili. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga, asoslanib "Sof.uz" nashri xabar berdi.

O‘tkazilgan maxsus tadbir chog‘ida huquqni muhofaza qilish organlari H.Matyoqubovni xizmat xonasida so‘ralgan miqdordagi pulni olayotganida qo‘lga oldilar. Unga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy xavfsizlik xizmati korrupsiya, xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish va tovlamachilikka qarshi kurash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Mamlakatda ushbu salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida huquqiy baza takomillashtirilmoqda. Birgina keyingi yil davomida bu yo‘nalishda qator qat’iy qadamlar qo‘yildi —"Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi hamda Korrupsiyaga qarshi kurash Davlat dasturi imzolandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Samarqand tibbiyot kolleji bo‘lim boshlig‘i pora olayotganda ushlandi