17:54 / 19.04.2017
6 034

300 kishiga avtomobil sovg‘a qilindi

300 kishiga avtomobil sovg‘a qilindi
Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan 300 nafarga yaqin Ikkinchi jahon urushining qatnashchilariga GM Uzbekistan avtomobillarini imtiyozli xarid qilishga oid sertifikatlar berilgan edi.

Shu kunlarda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni imtiyozli xarid qilish istagini bildirgan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tegishli avtomobillar tantanali ravishda topshirilib kelinayotganligi haqida Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati bergan ma’lumotga asoslanib Dia.uz sayti yozmoqda.

Jumladan, 2017 yil 17 aprelda mehnat va urush faxriylari - Uchtepa tumani, Beshqayrog‘och ko‘chasi, 55/1 uyda istiqomat qilib kelayotgan 94 yoshli Hikmat ota Ubaydullaevga “Damas”, Shayxontohur tumani, Ulug‘bek ko‘chasi, 65 uyda istiqomat qiluvchi 98 yoshli Kamol ota Turopovga “Lasseti”, 2017 yil 18 aprelda Yakkasaroy tumani, H.Sulaymonov ko‘chasi, 1a uyda istiqomat qiluvchi 92 yoshli Nazar Stepanovich Nazaryanga “Lasseti”, Shayxontohur tumani,M.Qoriyoqubov 2-tor ko‘chasi, 3 uyda  istiqomat qiluvchi 93 yoshli Abduvohid ota To‘laganovga “Damas” rusumli yengil avtomobillar tantanali ravishda topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 300 kishiga avtomobil sovg‘a qilindi