12:35 / 13.06.2017
28 034

“Novza” hamda “Shahriston” so‘zlarining ma’nosi haqida qiziqganlar uchun ma’lumot

“Novza” hamda “Shahriston” so‘zlarining ma’nosi haqida qiziqganlar uchun ma’lumot
Toshkent shahar hokimligining 2015 yil 16 iyundagi 547-sonli qarori bilan metroning “Chilonzor” yo‘lida joylashgan “Hamza” bekati nomi “Novza” deb, “Yunusobod” yo‘lida joylashgan “Habib Abdullaev” bekati nomi “Shahriston” deb o‘zgartirilgan edi.

Poytaxtimiz aholisi va mehmonlari ba’zida “Novza” hamda “Shahriston” so‘zlarining ma’nosi haqida qiziqib so‘rashlari ko‘p uchraydi. Shuni inobatga olib, yuqoridagi nomlarga izoh bermoqchimiz.

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha shahar komissiyasi tomonidan Novza va Shahriston metro bekatlari nomlanishi to‘g‘risida quyidagicha tushuntirish berildi.

Novza — joyning tarixiy nomi hisoblanadi. Qadimda joydan o‘tadigan Bo‘zsuv kanali irmog‘iga to‘g‘on qurilib, balandlikdagi bo‘sh yotgan erlarda bog‘-rog‘lar yaratilib, ekinzor dalalarga nov (to‘g‘on) orqali suv chiqarilgan. Shu munosabat bilan bu joy va uning yaqin-atrofdagi erlar va mahalla “Novza”, ya’ni nov orqali suv chiqarilib, obod qilingan joy deb atalgan. Ayni paytda Chilonzor tumani hududida joylashgan ushbu hududda shu nomdagi mahalla, ko‘cha, bekat, savdo majmuasi va masjid bor.

Shahriston ham joyning tarixiy nomi hisoblanadi. Obod shahar ma’nosini anglatadi. Qadimda bog‘-rog‘ hududi bo‘lgan. Shahar aholisini meva va sabzavot ekinlari bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutgan. O‘tgan asrning birinchi yarmida bu joy shahar hududiga qo‘shilib, shaxsiy va ko‘p qavatli turar-joy binolari hamda ma’muriy inshootlar, keng va ravon yo‘llar bunyod etildi. Shahar aholisi orasida bu joy shu nom bilan ma’lum va mashhur. Joydagi metro bekatining loyihadagi nomi ushbu nom bilan yuritilgan. Ayni paytda Yunusubod tumanining markaziy hududida joylashgan mazkur hududda shu nomli chorraha, savdo majmuasi, bekat, mahalla va ko‘cha mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “Novza” hamda “Shahriston” so‘zlarining ma’nosi haqida qiziqganlar uchun ma’lumot