O‘zbekiston Ashxobod shahrida Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkaziladigan konferensiyaga taklif etildi

  • 17 iyun 2017, 14:40
  • 4 708
  • O‘zbekiston
  • O‘zbekiston Ashxobod shahrida Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkaziladigan konferensiyaga taklif etildi
    2017 yil 16 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Turkmaniston favqulodda va muxtor elchisi Shiri Shiriev hamda Afg‘oniston Islom Respublikasi elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Vazirlik matbuot xizmati»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

    Uchrashuvda ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi uch davlat hamkorligining dolzarb jabhalari muhokama qilindi.

    Elchilar Turkmaniston va Afg‘oniston tashqi ishlar vazirlari nomidan O‘zbekiston tomoniga Ashxobod shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikka bag‘ishlangan 7-konferensiyaga (RECCA-VII) rasmiy taklifnomani taqdim etdi.

    » » O‘zbekiston Ashxobod shahrida Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkaziladigan konferensiyaga taklif etildi