21:51 / 20.01.2018
6 772

Ob-havo ma’lumoti: 21 yanvar kungi havo harorati...

Ob-havo ma’lumoti: 21 yanvar kungi havo harorati...
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 21 yanvar kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5 ... +7 daraja, kunduzi +16 ... +18 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi +7 ... +12 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0 ... +5 daraja, kunduzi +12 ... +17 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +2 ... +7 daraja, kunduzi +15 ... +20 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +20 ... +25 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi 0 ... +5 daraja, kunduzi +7 ... +12 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -3 ... +2 daraja, kunduzi +5 ... +10 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +2 ... +7 daraja, kunduzi +12 ... +17 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ob-havo ma’lumoti: 21 yanvar kungi havo harorati...