19:05 / 26.04.2018
3 956

27 aprel kuni yurtimizda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

27 aprel kuni yurtimizda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 27 aprel kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +9 ... +11 daraja, kunduzi +25 ... +27 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +7 ... +12 daraja, kunduzi +22 ... +27, Urganchda kechasi +10 ... +15 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +8 ... +13 daraja, kunduzi +25 ... +30 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +7 ... +12 daraja, kunduzi +23 ... +28 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +12 ... +17 daraja, kunduzi +27 ... +32 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +10 ... +15 daraja, kunduzi +22 ... +27 daraja issiq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0 ... +5, kunduzi +12 ... +17 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +7 ... +12, kunduzi +23 ... +28 daraja isishi mumkin. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 27 aprel kuni yurtimizda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti