07:00 / 18.08.2018
4 724

O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda GES qurishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda GES qurishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda GES qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon ishtirokida jurnalistlar uchun tashkil qilingan brifing vaqtida ma’lum qilindi.

Unda ta’kidlanishicha, Zarafshon daryosining Tojikiston hududidagi qismida 320 megavattdan ortiq quvvatga ega bo‘lgan gidro elektr stansiyalar qurilishi rejalashtirilmoqda.

Bu obyektlar ikki davlat kompaniyalari tomonidan qurilishi mumkin.

Tojikiston Prezidenti O‘zbekiston Prezidentiga bu borada xalqaro tashkilotlar auditidan o‘tgan tayyor loyihalar mavjudligi haqida ma’lumot bergan.

Prezidentning ta’kidlashicha, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi hukumatlararo komissiya ushbu masalani ko‘rib chiqadi.

Imomali Rahmonning qayd etishicha, O‘zbekiston va Tojikiston ushbu stansiyalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini o‘z iqtisodiyotini rivojlantirish uchun ishlatadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Tojikistonning Sarez ko‘li ichimlik suvidan birgalikda foydalanishi mumkin.

“Men ko‘p minbarlarda, xalqaro davralarda, xususan BMTda ham ko‘p bor ta’kidlaganman: «Biz hech qachon qo‘shnilarimizni suvsiz qoldirmaymiz”. Aksincha, bugungi muzokaralar davomida qo‘shnilarimizni ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 17 km³ hajmdagi Sarez ko‘lining suvlaridan hamkorlikda foydalanish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdim», degan Imomali Rahmon.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda GES qurishni rejalashtirmoqda