Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh Said Husayn Xalil as-Sisiy 4 sentyabr kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Tashrifning asosiy voqealari 5 sentyabr kuni boʻlib oʻtadi. Shavkat Mirziyoyev va Abdulfattoh as-Sisiyning oliy darajadagi uchrashuvlarida Oʻzbekiston – Misr hamkorligini rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qilish, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
Prezident matbuot xizmati xabariga koʻra, muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti qabul qilinishi, Oʻzbekiston bilan Misr oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, fan, taʼlim, madaniyat, sport sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan hukumatlararo va idoralararo salmoqli hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Misr Prezidentining tashrifi doirasida Toshkent shahrida ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining biznes-forumi va kooperatsion birjasini oʻtkazish ham koʻzda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi