Oʻzbekistonga oʻtgan sakkiz oy davomida qancha sayyoh kelgani maʼlum boʻldi

  • O‘zbekiston
  • 16-09-2018, 07:01
  • 873
  • Ўзбекистонга ўтган саккиз ой давомида қанча сайёҳ келгани маълум бўлди
    Yurtimizda oʻtgan sakkiz oyda 3,4 million xorijlik mehmon (oʻsish 126 foiz) keldi. Bu haqda Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov maʼlum qildi, deb yozmoqda Xalq soʻzi.

    Vaholanki, 2017 yilning shu davrida esa bu koʻrsatkich 1,5 mln. kishi edi. A. Abduhakimovning aytishicha, ayni chogʻda Oʻzbekistonga keladigan xorijlik sayyohlar soni yil oxiriga qadar ilgari kutilganidek 3,3 mln. emas, balki 4,8 mln. kishiga yetishi prognoz qilinyapti. Turistik xizmatlar eksporti esa 8 oy ichida 666,9 mln. AQSH dollarini tashkil etdi va bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan (327,3 mln. dollar) ikki barobar koʻpdir.

    Mamlakatimizda turistik oqimni koʻpaytirish uchun elektron viza berish tizimi takomillashtirilyapti. Ikki martalik va koʻp martalik vizalar, shuningdek, qoʻshni davlatlar bilan kombinatsiyalashtirilgan viza berish tizimi shular jumlasidandir.

    Bosh vazir oʻrinbosari soʻzlariga koʻra, avtobus yoʻnalishlari va temir yoʻl reyslarini yoʻlga qoʻyish, viloyat markazlaridagi aeroportlar, temir yoʻl va avtovokzallarni bogʻlovchi yangi yoʻnalishlar ochish orqali qoʻshni davlatlar bilan transport qatnovlarini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilyapti.

    Uning aytishicha, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi maslahatchisi S.Badak bilan birgalikda Oʻzbekistonda 2025 yilgacha turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini shakllantirish boshlandi. Unda maqsadli parametrlarga erishish boʻyicha “yoʻl xaritalari” har yili tasdiqlanib borilishi nazarda tutilyapti.

    » » Oʻzbekistonga oʻtgan sakkiz oy davomida qancha sayyoh kelgani maʼlum boʻldi
    Яндекс.Метрика