Bugun Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatlarida noqonuniy ravishda qimmatbaho metallarni qazib olish tizimli tus olgan bo‘lib, ularning yashirincha aylanishi va chet ellarga olib chiqib ketilish holatlari ham kuzatilmoqda, deb yozadi «Xalq so‘zi online» Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markaziga asosan.
Masalan, 2015 yildan 2018 yilning o‘tgan 10 oyi davomida oltin va boshqa qazilma boyliklarni noqonuniy qazib olish bo‘yicha 547 nafar kishiga nisbatan 214 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Noqonuniylik natijasida yiliga o‘rtacha 1 tonnaga yaqin oltin qazib olinyapti. Ayni mavsum pallada 10 ming odam shu ish bilan shug‘ullanmoqda. Bu esa davlatning iqtisodiyotiga jiddiy ziyon yetkazmoqda, — deydi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Hayitboy Omonov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilingandi.
Qaror bilan 2019 yilning 1 martidan boshlab qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida amalga oshirishga ruxsat beriladigan bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi