13:45 / 30.11.2018
4 185

«O‘zbektelekom»: Facebook va YouTube’ga kirish bilan bog‘liq muammolarga yechim izlanmoqda

«O‘zbektelekom»: Facebook va YouTube’ga kirish bilan bog‘liq muammolarga yechim izlanmoqda
«O‘zekspomarkaz»da Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «O‘zbektelekom» AK tomonidan tashkil etilgan «O‘zbekiston Respublikasi prezidenti topshirig‘i bo‘yicha AKT sohasida topshiriqlarni amalga oshirish ketma-ketligi» hisobot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Nashr xabariga ko‘ra, «O‘zbektelekom» 1 dekabrdan boshlab internet xizmatlari foydalanuvchilariga cheklanmagan tariflarda internet tezligini 3-5 martaga oshiradi.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda Facebook hamda YouTube ijtimoiy tarmoqlari ishlamayapti. Kompaniyadan bildirishlaricha, ushbu muammoga yechim topilishidan manfaatdor.

Tadbirda aytilishicha, kompaniya hozir masala bilan shug‘ullanmoqda va natija bo‘lishi bilan bu haqda barcha xabardor etiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda oktyabr va noyabr oylarida internet sifati ancha yomonlashdi. Shu bilan birga, hozirgi kunda Facebook va YouTube'ga kirish bilan bog‘liq muammolar hamon kuzatilmoqda. Foydalanuvchilarning aksariyati VPN’dan foydalanishga majbur bo‘lyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «O‘zbektelekom»: Facebook va YouTube’ga kirish bilan bog‘liq muammolarga yechim izlanmoqda