Bangladesh, Pokiston va Hindiston eng ifloslangan havoga ega davlatlar, Avstraliya, Finlyandiya hamda Islandiya esa eng toza havoga ega mamlakatlar deb topildi. Bu haqda AirVisual tashkiloti xabar bergan.
Oʻzbekiston 2018 yilda eng ifloslangan havoga ega davlatlar reytingida 16-oʻrinni egalladi. Reyting havo sifatini monitoring qilish bilan shugʻullanuvchi AirVisual xalqaro tashkiloti tomonidan tuzildi.
Oʻzbekiston reytingda sariq rang bilan belgilangan davlatlarga yetakchilik qilgan. Bu shuni anglatadiki, havodagi zararli moddalar miqdori qoniqarli darajada, biroq ifloslangan havoga sezgir boʻlgan kishilar oʻz salomatligi haqida qaygʻurishi lozim. Mintaqaning boshqa davlatlaridan reytingga Qozogʻiston kirdi, u 20-pogʻonadan joy oldi. Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlar reytingda qayd etilmagan.
MDH davlatlaridan Litva 42-oʻrinda, Ukraina - 49, Rossiya - 58-pozitsiyada.
Reytingda Bangladesh, Pokiston hamda Hindiston yetakchilik qilyapti - bu mamlakatlar eng ifloslangan havoga ega; eng tozasi - Avstraliya, Finlyandiya va Islandiyada.
Reyting tuzuvchilarining taʼkidlashicha, har yili havo ifloslanishi tufayli taxminan 7 mln kishi vafot etadi, shuningdek, bu holat jahon iqtisodiyotiga har yili 225 mlrd dollarlik zarar yetkazadi.
Tadqiqotda hammasi boʻlib butun dunyo boʻylab 3 000 shahar qamrab olindi. Ulardan 64 foizida RM 2.5 ifloslanishning maksimal cheklangan darajasi oshgan holda qayd etilgan. Xususan, Janubiy Osiyodagi shaharlarning 99 foizida, Janubi-Sharqiy Osiyoda - 95 foiz hamda Sharqiy Osiyoda 89 foiz shaharlarda atmosfera holati yomon ekani aniqlandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi