Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

  • 20 mart 2019, 16:06
  • 2 265
  • O‘zbekiston
  • Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
    Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

    Hujjat bilan qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish normalari va qoidalariga, shuningdek, tabiatni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi ustidan belgilangan tartibda qatiy nazorat oʻrnatadi.

    Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga ruxsat beriladigan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya uning egasiga belgilangan hududda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish huquqini beradi, bunda qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlarni qazib olish huquqiga alohida litsenziya olish talab qilinmaydi.

    Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga ruxsat beriladigan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlangan qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga ruxsat beriladigan yer qaʼri uchastkalari boʻyicha ularni qazib olish uchun beriladi.

    Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun ishonchli, aniq konturlari va chegaralari koʻrsatilgan yer qaʼri uchastkalari, shu jumladan, oʻlchamlari 1 gektardan ortiq boʻlmagan sochma oltin konlari beriladi.

    Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan jismoniy shaxslar va Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat roʻyxatidan oʻtgan yuridik shaxslar talabgor boʻlishlari mumkin.

    Litsenziyani yoki yer qaʼri uchastkasidan (toʻliq yoki qisman) foydalanish huquqini uchinchi shaxsga berish (topshirish), shuningdek, bitta yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziyani bir necha shaxsga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.

    Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish litsenziyada nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.

    Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishning asosiy shartlariga “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 33, 35, 37, 40 va 43-moddalari bilan belgilangan shartlar kiradi.

    Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishning namunaviy shartlari Davlat geologiya qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi va zarurat boʻlganda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi mumkin.

    Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarida:
    - qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishning ruxsat etilgan usullari va vositalari, shuningdek, foydalaniladigan asbob-uskunalar, mexanizmlar va texnikaga qoʻyiladigan talablar;
    - qazib olingan qimmatbaho metallarga egalik qilish huquqi;
    - yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishning cheklanishi, toʻxtatib qoʻyilishi yoki muddatidan oldin toʻxtatilishi mumkin boʻlgan shartlar;
    - yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi tugatilgandan soʻng yer qaʼridan foydalanuvchilar zimmasiga yer qaʼri uchastkalarini rekultivatsiya qilish va ularni keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish majburiyati nazarda tutiladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi