16:27 / 28.03.2019
3 449

Shavkat Mirziyoyev BAAga safarini yakunladi (foto)

Shavkat Mirziyoyev BAAga safarini yakunladi (foto)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifini yakunladi.

Davlat rahbari Abu-Dabi shahrida mazkur amirlik valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan, Dubay shahrida BAA vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

«Muloqotlar chogʻida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, qishloq xoʻjaligi, turizm va boshqa sohalardagi amaliy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi hamda oʻzaro manfaatli hujjatlar va umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod investitsiya kelishuvlari imzolandi.

Prezidentimiz Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifini yakunlab, Toshkentga joʻnab ketdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.


Shavkat Mirziyoyev 24 mart kunidan buyon BAAda tashrif bilan boʻlib turgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev BAAga safarini yakunladi (foto)